Davlat OTMlari bakalavriatiga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi (shundan 42,6 mingi grant asosida). Davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ni, to‘lov-kontraktniki esa 93,3 ballni tashkil etdi.
20-iyundan abituriyentlarni bakalavriat bosqichiga my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Jarayon 20-iyulga qadar davom etadi.
Tarmoqlarda 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar OTMga imtihonlarsiz qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi bunday tartib yo‘qligini, ish tajribasi bor ayollar ham imtihon topshirishi va ularga 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi kvota ajratilishini bildirdi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting